O'zbekiston

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘lim holatlari soni so‘nggi besh yilning yanvar–sentyabr oylari orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

 

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida 123,4 mingta o‘lim holati qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,8 ming nafarga yoki qariyb 6,7 foizga kam.

 

Milliy statistika qo‘mitasining 27-oktyabr kuni e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatda 132,2 ming kishi vafot etgan. Joriy yilning shu davrida o‘lim koeffitsiyenti 4,2 promilleni tashkil etgan.

 

So‘nggi besh yilning yanvar–sentyabr oylarida qayd etilgan o‘lim holatlari quyidagicha:

  • 2022-yil — 130,2 ming kishi;

  • 2023-yil — 129,7 ming kishi;

  • 2024-yil — 131,7 ming kishi;

  • 2025-yil — 132,2 ming kishi;

  • 2026-yil — 123,4 ming kishi.

 

Shunday qilib, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyidagi o‘lim holatlari soni so‘nggi besh yilning mos davrlari orasida eng past bo‘lgan.

 

Hisobotga ko‘ra, yanvar–sentyabr oylarida vafot etganlarning 68,5 ming nafari yoki 55,5 foizi erkaklar, 54,9 ming nafari yoki 44,5 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Erkaklar orasidagi o‘lim holatlari ayollarnikidan 13,6 ming nafarga ko‘p.

 

Yashash joyi bo‘yicha esa vafot etganlarning 65,7 ming nafari, ya’ni 53,2 foizi shaharlarda, 57,7 ming nafari yoki 46,8 foizi qishloq joylarda yashagan.

 

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 638,6 ming nafar bola tirik tug‘ilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 26 ming nafarga kam.

 

Tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq hisobiga aholining tabiiy o‘sishi 515,2 ming kishini tashkil etgan.

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Ko‘chalarni namlash bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilgan.

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

21 yoshli shifoxonaga olib ketilgan.

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga eng ko‘p murojaatlar tergov va surishtiruv, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda sud hujjatlari ijrosi yuzasidan kelib tushgan.

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U kripto-savdo bilan birga Telegram orqali 140 ta xorijiy virtual telefon raqamini sotgan.

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

To‘qqiz oy davomida Afg‘onistondan 323 660 nafar fuqaro kelgan.

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

Kelasi yildan sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Musobaqa mamlakat hududlaridagi iqtidorlarni saralash va professional sportga yo'naltirishga xizmat qiladi.