Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda
Ko‘chalarni namlash bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilgan.

Toshkent shahrida havodagi chang miqdorini kamaytirish va namlikni oshirish maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida ko‘chalarga suv sepilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l qoplamalarini muntazam namlash changning bosilishiga va uning havoga ko‘tarilishini kamaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, shaharda favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilmoqda. Bu choralar ko‘chalardagi namlikni oshirish, shahar mikroiqlimini yaxshilash hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.
Hokimlikka ko‘ra, suv sepish, sug‘orish va favvoralar faoliyati birgalikda havodagi chang miqdorini kamaytirish va shahar muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.








