O'zbekiston

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Musobaqa mamlakat hududlaridagi iqtidorlarni saralash va professional sportga yo'naltirishga xizmat qiladi.

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.

 

Bu yilgi musobaqalarda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yosh sportchi olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha bellashadi. Ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda.

 

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan davlat rahbari ishtirokchilar musobaqaga o‘z orzulari, maqsadlari va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi bilan kelganini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi yosh sportchilar orasidan kelajakda xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishadigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

 

Prezident so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorli yoshlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim shakllantirilganini qayd etdi. Bu ishlar yoshlarni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalashga qaratilganini bildirdi.

 

Keltirilishicha, so‘nggi o‘n yil ichida o‘zbekistonlik sportchilar yirik xalqaro musobaqalarda jami 5 518 ta medal qo‘lga kiritgan. Shundan 1 675 tasi oltin medal bo‘lib, bu ko‘rsatkich avvalgi o‘n yillikka nisbatan uch baravar ko‘p. Medallarning uchdan bir qismi sportchi qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Shuningdek, Samarqandda o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining ikkinchi bor g‘olib bo‘lgani mamlakat shaxmat tarixidagi muhim natijalardan biri sifatida qayd etildi.

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

Kelasi yildan sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Narkotik modda yuk mashinasining maxfiy joyiga va ikkita akkumulyator ichiga yashirilgan.

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Xizmatlar kundalik hisob-kitoblarni soddalashtirish, naqd pulga ehtiyojni kamaytirish va xorijiy sayyohlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

20 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, уo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.