O'zbekiston

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

 

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoni ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirish strategik maqsad ekanini ta’kidladi. Bu haqda Prezidentning Toshkentda o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida aytildi.

 

Davlat rahbari mintaqa mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va amaliy sheriklik mustahkamlanib borayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, davlatlarning kelgusi taraqqiyoti ta’lim sohasidagi hamkorlik va islohotlar samaradorligiga ham bog‘liq.

 

Prezident Jahon banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8 foizga o‘sishi kutilayotganini ma’lum qildi. Qariyb 85 million aholi istiqomat qiladigan mintaqaning asosiy boyligi bilimga intilayotgan yosh avlod ekani ta’kidlandi.

 

Mirziyoyev O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirilganini bildirdi. Ta’limga sarflangan mablag‘ yoshlar kelajagi, jamiyat farovonligi va mamlakatning uzoq muddatli raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan sarmoya sifatida baholandi.

 

Prezident maktabgacha va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boshqaruvini yagona tizimga birlashtirish bo‘yicha qadamlar tashlanganini qayd etdi. Maqsad — bolaning dastlabki ta’limidan yetuk mutaxassis va olim bo‘lib shakllanishigacha bo‘lgan bosqichlarning uzviyligini ta’minlash.

 

Shuningdek, har bir bola yashash joyidan qat’i nazar sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari kelgusi o‘n yilda ko‘plab kasblarga bo‘lgan talab o‘zgarishi va yangi mutaxassisliklar paydo bo‘lishini qayd etdi. Shu sababli ta’lim tizimi yoshlarga bilim berish bilan cheklanmay, ularda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, mas’uliyat va umr davomida o‘rganish ko‘nikmalarini ham shakllantirishi kerak.

 

Buning uchun o‘qituvchilar maqomini oshirish, ta’lim mazmunini yangilash, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish hamda maktablar, texnikumlar, universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilandi.

 

Qizlar, qishloq va chekka hududlarda yashovchi bolalar, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislikni rivojlantirish, universitetlarni ilmiy ishlanmalar markaziga aylantirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

 

Prezident suv va energetika xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi hamda mehnat bozoridagi texnologik o‘zgarishlar kabi muammolarni hal etishda mamlakatlar bilim va imkoniyatlarini birlashtirishi kerakligini bildirdi.

 

Shu munosabat bilan universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ko‘paytirish, talabalar hamda olimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

 

“Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni o‘zaro ishonch va do‘stlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdir”, — dedi Prezident.

 

Davlat rahbari forum doirasida ushbu maqsadga xizmat qiladigan yangi g‘oyalar, amaliy takliflar va tashabbuslar ilgari surilishiga ishonch bildirdi.

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Ko‘chalarni namlash bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilgan.

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

21 yoshli shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘lim holatlari soni so‘nggi besh yilning yanvar–sentyabr oylari orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga eng ko‘p murojaatlar tergov va surishtiruv, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda sud hujjatlari ijrosi yuzasidan kelib tushgan.

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U kripto-savdo bilan birga Telegram orqali 140 ta xorijiy virtual telefon raqamini sotgan.

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

To‘qqiz oy davomida Afg‘onistondan 323 660 nafar fuqaro kelgan.

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

Kelasi yildan sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Musobaqa mamlakat hududlaridagi iqtidorlarni saralash va professional sportga yo'naltirishga xizmat qiladi.