O'zbekiston

Toshkentda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzil ma’lum qilindi

Ushbu hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish va gaz zulfinini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Toshkentda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzil ma’lum qilindi

 

2026-yil 29-oktabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisherobod” MFY, Anaybuloq ko‘chasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni № 14-02/306-sonli RDВK-1-25 rusumli gaz taqsimlash punktini demontaj qilish va D-50 mm o‘rta bosimli gaz zulfinini ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

 

Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar hududdagi 250 ta hovli xonadoni, ko‘p qavatli uydagi 48 ta xonadon hamda 5 ta ulgurji iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.