O'zbekiston

Vizasiz rejim: O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida safarlar bo‘yicha kelishuvga erishildi

Hozir hujjat matni Tailand tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Vizasiz rejim: O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida safarlar bo‘yicha kelishuvga erishildi

 

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz safarlar to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hozirda hujjat matni Tailand tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Tailand hukumati 2026-yil 15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, sayyohlar uchun elektron viza rasmiylashtirish tartibini bekor qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

TIV ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning may oyidan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining Tailandga safar qilishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida diplomatik muzokaralar olib borilmoqda.

 

Xususan, Tailand Tashqi ishlar vazirligi bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar davomida vizasiz safarlar to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

Shu bilan birga, o‘zbekistonliklarning Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda duch kelayotgan muammolarini hal etish yuzasidan ham ishlar olib borilmoqda.

 

Bu yo‘nalishda O‘zbekistonning Tailanddagi Bosh konsulxonasi Tailand Tashqi ishlar vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmoqda. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham Tailandning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi bilan hamkorlik qilmoqda.

Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzg’atilgan

Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzg’atilgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan uydagi isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan.

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Ko‘chalarni namlash bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilgan.

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

21 yoshli shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘lim holatlari soni so‘nggi besh yilning yanvar–sentyabr oylari orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga eng ko‘p murojaatlar tergov va surishtiruv, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda sud hujjatlari ijrosi yuzasidan kelib tushgan.

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U kripto-savdo bilan birga Telegram orqali 140 ta xorijiy virtual telefon raqamini sotgan.

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

To‘qqiz oy davomida Afg‘onistondan 323 660 nafar fuqaro kelgan.