Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi
41 yoshli erkak yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo'lgan.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 41 yoshli piyoda halok bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 1-noyabr kuni soat 17:45 larda TXAY ko‘chasida, Qo‘yliq qurilish bozori qarshisida yuz bergan.
2004-yilda tug‘ilgan Y.M. ismli haydovchi LiXiang Li 9 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 1985-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








