O'zbekiston

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

Ekstremistik materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar ramzlarini tarqatish uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

 

O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

 

2026-yil 2-noyabrdagi O‘RQ–1185-son qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga, fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirishga da’vat etadigan yoki aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoxud tarqatish maqsadida saqlash uchun javobgarlik belgilanmoqda.

 

Shuningdek, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining atributlari yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash va saqlash ham jazolanadi.

 

Bunday huquqbuzarliklar uchun huquqbuzarlik ashyosini musodara qilgan holda:

  • fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha;

  • mansabdor shaxslarga BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima solinishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Bundan tashqari, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” iborasi “ekstremizm” so‘zi bilan almashtirildi.

 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Kelasi yili Buxorodan Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahraynga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Viloyatda 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

41 yoshli erkak yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo'lgan.

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

Murojaatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash: Samarqandda SHHT plyus ekspertlar muloqoti o‘tkaziladi

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash: Samarqandda SHHT plyus ekspertlar muloqoti o‘tkaziladi

Unda 24 davlatdan 33 ta delegatsiya va 5 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

28 kun komada yotdi: Samarqandda tiriklayin ko‘milgan erkak vafot etdi

28 kun komada yotdi: Samarqandda tiriklayin ko‘milgan erkak vafot etdi

Gumonlanuvchilar 32 yoshli erkakni avval armatura bilan kaltaklab, so‘ng ovloq joyga olib borib ko‘mishgan.

Qirg’izistonda zilzila: Oʻzbekistonda ham sezildi

Qirg’izistonda zilzila: Oʻzbekistonda ham sezildi

Oʻshda 5,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.