O'zbekiston

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

So'ngi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi va 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

 

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va investorlar bilan muloqot o‘tkazmoqda.

 

Uchrashuvda qayd etilishicha, keyingi o‘n yilda elektrotexnika sanoatiga 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirilgan. Natijada maishiy texnika, quyosh panellari, elektron hisoblagichlar va yuqori kuchlanishli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Joriy yilda sohada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 50 trillion so‘mga yetgan. Taqqoslash uchun, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 1,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Investitsiyalar hajmi 600 million dollarga, eksport esa 1 milliard 600 million dollarga yetkazilgan. O‘tgan davrda eksport 14 barobar o‘sgan.

 

Davlat rahbari erishilgan natijalar mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam ekanini ta’kidlab, elektrotexnika sanoatini yanada jadal rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

 

Sanoatning asosiy xomashyolaridan biri bo‘lgan mis ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha hisobiga mis ishlab chiqarish hajmini 300 ming tonnaga, 2030-yilga borib esa 500 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, mamlakatda quyosh va shamol elektr stansiyalari, energiya saqlash quvvatlari barpo etilmoqda, hududlarda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Kelgusi o‘n yilda hamkorlar bilan 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.

 

Ta’kidlanishicha, bu elektrotexnika mahsulotlari uchun ulkan va uzoq muddatli bozorni shakllantiradi. O‘zbekistonda mis va muhim minerallar zaxiralari, salohiyatli yoshlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar mavjud. Endilikda ushbu imkoniyatlarni yangi texnologiyalar va ishlanmalar bilan birlashtirish muhimligi qayd etildi.

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi monitoringida 110 nafar blogerning sahifalari kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘tgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan.

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ko‘rilgan choralar natijalari yagona elektron platformada nazorat qilinadi.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

U fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgan.