O'zbekiston

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

 

O‘zbekistonda dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan toifalarga ajratish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi tartibga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq faol moddadan iborat dorilar ham retseptsiz sotiladigan vositalar toifasiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Vazirlik Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026-yil 12-noyabrda 3430-2-son bilan ro‘yxatga olingan.

 

Yangi hujjat bilan dori vositalarini retseptsiz beriladigan toifaga kiritish mezonlari takomillashtirildi. Bunda quyidagi omillar hisobga olinadi:

  • Dori vositasini tibbiyot xodimining doimiy kuzatuvisiz mustaqil va xavfsiz qo‘llash imkoniyati;

  • Noto‘g‘ri qo‘llash, dozani oshirib yuborish, suiiste’mol qilish yoki qaramlikni keltirib chiqarish xavfining pastligi;

  • Qo‘llash yo‘riqnomasidagi ma’lumotlarning iste’molchi uchun aniq, to‘liq va tushunarli bo‘lishi;

  • Farmakonazorat va postmarketing nazorati natijalari;

  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’tirof etilgan tartibga soluvchi organlar tomonidan dori vositasining retseptsiz beriladigan toifaga kiritilgani.

 

Shuningdek, ikki yoki undan ortiq faol modda birikmasidan iborat dori vositalari ham retseptsiz beriladigan toifaga kiritilishi mumkin. Bunda har bir faol moddaning davolashdagi hissasi, kombinatsiyaning foyda va xavf nisbati, klinik jihatdan asoslanganligi, shuningdek, moddalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, dozani oshirib yuborish va noto‘g‘ri qo‘llash xavflari baholanadi.

 

Yana bir o‘zgarishga ko‘ra, dori vositasini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan toifaga o‘tkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi ayrim holatlarda uch yil kutmasdan qayta murojaat qilishi mumkin.

 

Buning uchun rad etish asoslari bartaraf etilgan yoki dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar olingan bo‘lishi kerak.

 

Bundan tashqari, vakolatli organ dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar, farmakonazorat hamda postmarketing nazorati natijalari va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni hisobga olib, uning toifasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Maxsus agentlik jismoniy shaxslar va tashkilotlarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini nazorat qiladi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.