O'zbekiston

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

 

O‘zbekistonda kredit qarzini undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin banklar qarorida ko‘rsatilgan summaga qo‘shimcha foiz, jarima yoki penya hisoblashni to‘xtatishi kerak. Agar ushbu talab buzilib, qarz oluvchilardan ortiqcha mablag‘ undirilgan bo‘lsa, ular qaytarilishi lozim. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

 

Fuqarolik kodeksining 744-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, kredit qarzini undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganidan so‘ng, qarorda ko‘rsatilgan undiriladigan summaga foiz va jarima (neustoyka) yoki penya hisoblash to‘xtatiladi.

 

Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasining qarori bilan tijorat banklari kuzatuv kengashlari va boshqaruvlari zimmasiga ushbu talabga to‘liq rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

 

Shuningdek, banklarning ichki audit xizmatlari 2026-yil 10-dekabrgacha sud qarori chiqarilgan kreditlar bo‘yicha foiz va jarimalar hisoblanishi to‘xtatilganini tekshirishi kerak. Aniqlangan qonunbuzilishlar bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi muhokamasiga kiritilishi lozim.

 

Qonunga zid ravishda hisoblangan foiz va jarimalar bekor qilinishi, avval undirilgan mablag‘lar esa qisqa muddatda qarz oluvchilarga qaytarilishi shart.

 

Banklar amalga oshirilgan ishlar va qaytarilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi batafsil hisobotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga 2026-yil 25-dekabrgacha Markaziy bankka taqdim etishi lozim.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tun-u kun faoliyat yuritadigan “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.