O'zbekiston

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va  Pop tuman bo‘limi tomonidan elektr energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq qarzdorliklarni undirish borasida ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

 

Xususan, bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, fermer xo‘jaligining elektr taʼminoti korxonasi oldidagi qarzdorligini undirish choralari ko‘rildi.

 

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida fermer xo‘jaligidan elektr energiyasi uchun yuzaga kelgan salkam 670 million so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, elektr taʼminotchi korxonasi hisob raqamiga o‘tkazilishi taʼminlandi.

 

Mazkur ijro harakati elektr energiyasi uchun to‘lov intizomiga rioya etish, mavjud qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda iqtisodiy munosabatlarda qonuniylikni taʼminlash muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

 

Taʼkidlash joizki, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari  tomonidan sud va boshqa vakolatli organlar hujjatlari ijrosini taʼminlash, undiruvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Maxsus agentlik jismoniy shaxslar va tashkilotlarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini nazorat qiladi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.