O'zbekiston

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

 

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik mutaxassislarni tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ishga jalb etishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 13-noyabr kuni Stokgolm shahrida “O‘zbekiston — Shvetsiya: ko‘nikmalar, iste’dodlar va mehnat migratsiyasi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi ko‘magida Migratsiya agentligi tomonidan tashkil etildi.

 

Unda Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonov va Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Shvetsiya davlat idoralari, ish beruvchilar, rekruting kompaniyalari hamda diaspora vakillari ishtirok etdi.

 

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov, Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Martin Rozen va Shvetsiya Migratsiya xizmatining O‘zbekiston bo‘yicha loyiha rahbari Gabriela Furtado so‘zga chiqdi.

 

Martin Rozen O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotini yuqori baholab, mamlakatni Markaziy Osiyoda Shvetsiyaning istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, mehnat migratsiyasi ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

 

Gabriela Furtado shved ish beruvchilari va rekruting agentliklarini O‘zbekiston bilan aloqalarni faollashtirishga chaqirdi. Shuningdek, u qonuniy va uyushgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish borasidagi davlat siyosatining ahamiyatini ta’kidladi.

 

Muhsinxo‘ja Abdurahmonov O‘zbekistonning kadrlar salohiyati, yevropalik ish beruvchilar talablariga mos mutaxassislarni tanlash mexanizmlari hamda migratsiya siyosatidagi islohotlar haqida ma’lumot berdi.

 

Azimjon Xusanov esa kasbiy ta’lim tizimi, shved ish beruvchilari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik, jumladan, qo‘shma dasturlar asosida mutaxassislar tayyorlash hamda ularning malakasini Shvetsiya standartlariga moslashtirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

 

Forumda Shvetsiya korxonalari konfederatsiyasi, Fermerlar federatsiyasi, “yashil” ish beruvchilar birlashmasi, “IKEM” tashkiloti, Shvetsiyaning Yevroosiyo bo‘yicha savdo palatasi hamda “OnePartnerGroup” va “Incluso” rekruting kompaniyalari vakillari qatnashdi. Norvegiyaning “QM Software” tashkiloti vakillari ham tadbirda ishtirok etdi. Ular iqtisodiyotning turli tarmoqlariga o‘zbekistonlik xodimlarni jalb etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Muloqot davomida Shvetsiyaning shimoliy hududlari, jumladan, saamlar istiqomat qiladigan va kadrlar tanqisligi kuzatilayotgan hududlar vakillari ham hamkorlikka qiziqish bildirdi.

 

Xususan, tibbiyot xodimlariga ehtiyoj yuqoriligi sababli o‘zbekistonlik hamshiralarni tayyorlash dasturida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Maxsus agentlik jismoniy shaxslar va tashkilotlarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini nazorat qiladi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.