O'zbekiston

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilikda ozuqa bazasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi. Unda ozuqa yetishtirish hajmini oshirish, yaylovlardan samarali foydalanish va chorvadorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda 12,5 mln bosh qoramol, 23 mln bosh qo‘y-echki va 125 mln bosh parranda boqilmoqda. Yiliga 48 mln tonna ozuqa yetishtiriladi. Biroq bu ehtiyojni to‘liq qoplamaydi: bir bosh qoramol uchun yiliga 6,5 tonna ozuqa talab etilsa, amalda 4 tonnadan oshmaydi. Ozuqa xarajatlari go‘sht tannarxining 30 foizini tashkil qiladi.

 

Taqdimotda ozuqa yetishtirish hajmini 2027-yilda 64,5 mln tonnaga, 2030-yilda esa 90 mln tonnaga yetkazish taklif qilindi. Buning uchun ozuqabop ekinlar maydonlari va turlari hisobi raqamlashtiriladi, yerlarning maqsadli ishlatilishi kosmik monitoring orqali nazorat qilinadi. Ekinlar hosildorligini gektariga 350 sentnerdan 500 sentnerga oshirish, 2030-yilgacha 200 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda bu ishlar 50 ming gektarda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Qashqadaryoning sakkizta tumanida qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli ozuqabop ekinlar yetishtiriladi. 2030-yilgacha respublika bo‘yicha 1 mln gektar yaylovga dronlar yordamida urug‘ sepish ko‘zda tutilgan.

 

Ozuqani yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va yetkazib berish tizimini yaratish uchun hududlarda 100 dan ortiq ozuqa markazlari va shoxobchalari tashkil etiladi. Ular qoramollarning 87 foizi boqilayotgan aholi xonadonlarini sifatli va maqbul narxdagi ozuqa bilan ta’minlashi kutilmoqda.

 

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida 500 gektardan ortiq yerda ozuqabop ekinlar yetishtirib, zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etganlarga mahalliy budjet hisobidan 100 ming kub metrgacha suv sig‘imiga ega havzalar qurib berish taklif qilindi. 

 

“Pivot” sug‘orish texnologiyasi uchun subsidiya miqdorini gektariga 2,5 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha oshirish, kamida 10 gektar maydonni sug‘orishda qayta tiklanuvchi energiya uskunalari xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplash ham nazarda tutilmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazmda yaylovlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlarga ushbu yerlarning bir qismida chorvachilik komplekslarini qurish imkoniyati berilishi taklif etildi. Bundan tashqari, ozuqa markazlari va ekinlar yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar, qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda yengilliklar, xorijiy mutaxassislarni jalb etish va mahalliy kadrlar malakasini oshirish xarajatlarini qisman qoplash rejalashtirilgan.

 

2027-yildan Qashqadaryoda aholi xonadonlarida boqilayotgan chorva uchun ozuqa xarajatlarining 10 foizini subsidiyalash tizimini tajriba tariqasida joriy etish taklif qilindi.

 

Hozirda ozuqabop ekinlar urug‘iga bo‘lgan ehtiyojning 95 foizi import hisobidan qoplanmoqda. Shu sababli Qashqadaryoda Misr olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va urug‘chilik markazlarini tashkil etish, mahalliy iqlimga mos, serhosil, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli navlarni yaratish rejalashtirilgan.

 

Chorva naslini yaxshilash uchun sun’iy urug‘lantirish va yuqori genetik qiymatga ega embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish texnologiyalarini keng qo‘llash, naslchilik xizmatlarini rivojlantirish hamda yirik xo‘jaliklar bilan aholi xonadonlari o‘rtasida kooperatsiya yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar natijasida qoramollarning so‘yishga topshirishdagi tirik vaznini 250–350 kg dan 450–550 kg gacha oshirish va qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

 

Prezident mutasaddilarga takliflarni puxta ishlab chiqish, moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash va ichki bozorda go‘sht-sut mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Toshkent va Samarqand viloyatlarida ikki noqonuniy holat aniqlandi.

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Bola 22-noyabr kuni berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘idan pastga tushib ketgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.