O'zbekiston

Buxoro avtoparki 25 ta avtobus bilan boyidi: xizmat sifati oshirilmoqda

Shahar avtoparkiga Xitoydan keltirilgan zamonaviy avtobuslar qo‘shildi, markaziy ko‘chalarda esa ular uchun alohida yo‘laklar ajratilmoqda.

Buxoro avtoparki 25 ta avtobus bilan boyidi: xizmat sifati oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarori ijrosi doirasida Buxoro shahrida jamoat transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.

 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Alixan trans servis” MChJ tomonidan Xitoydan 25 ta zamonaviy “Zhongtong” rusumli avtobus olib kelindi.

 

Ma’lumot uchun, mazkur korxona 2026-yilning birinchi bosqichida 36 ta avtobus xarid qilgan bo‘lib, yangi partiya hisobiga kompaniya tomonidan joriy yilda keltirilgan transport vositalari soni 61 taga yetdi. Hozirda korxona shahardagi 2, 10, 18 va 21-sonli yo‘nalishlarda brutto-shartnoma asosida xizmat ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, bugungi kunda Buxoro shahridagi 18 ta yo‘nalishda 250 dan ortiq jamoat transporti vositasi brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazilgan holda qatnovlarni amalga oshirmoqda.

 

Qayd etish joizki, joriy yil davomida shahar avtoparkini yangilash bo‘yicha qator yirik xaridlar amalga oshirildi. Xususan, fevral oyida 25 ta va iyul oyida yana 76 ta avtobus xarid qilindi. Yil yakuniga qadar esa qo‘shimcha 61 ta avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, tirbandliklarni qisqartirish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida shaharning “Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish” bosh rejasi asosida shahar bo‘ylab 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilib, aholi gavjum nuqtalarda transport o‘tish bog‘lamalari barpo etilmoqda, 113 ta chorrahaga “Aqlli svetofor” tizimi o‘rnatilmoqda va jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish maqsadida Muhammad Iqbol, Ibn Sino, Islom Karimov, Mirdo‘stim, G‘ijduvon, Bahouddin Naqshband hamda Mustaqillik ko‘chalarida maxsus avtobus yo‘laklari ajratilmoqda.

Qishki shinalarni qachon almashtirish kerak? YHXB haydovchilarni ogohlantirdi

Qishki shinalarni qachon almashtirish kerak? YHXB haydovchilarni ogohlantirdi

Shinalardagi havo bosimini kamida oyiga bir marta tekshirish tavsiya etiladi.

Mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar: uch oygacha stajirovka va ishdan bo‘shatishning yangi tartibi taklif qilinmoqda

Mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar: uch oygacha stajirovka va ishdan bo‘shatishning yangi tartibi taklif qilinmoqda

Qonun loyihasida tajribasiz nomzodlar uchun kasbiy stajirovka, masofaviy ta’lim olayotgan xodimlarga qo‘shimcha kafolatlar hamda mehnat shartnomasi bekor qilinganda SMS orqali xabardor qilish mexanizmi nazarda tutilgan.

Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti yomonlashdi: haydovchilardan ogohlik so‘raladi

Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti yomonlashdi: haydovchilardan ogohlik so‘raladi

Ayni vaqtda A373 “Toshkent – Ohangaron – Angren – Qo‘qon – Shahrixon – Andijon” xalqaro avtomobil yo‘lining dovon qismida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda 593 kilometr pulli yo‘l quriladi: loyihalarga 5,6 milliard dollar sarflanadi

O‘zbekistonda 593 kilometr pulli yo‘l quriladi: loyihalarga 5,6 milliard dollar sarflanadi

Hokimlarga bir oy ichida har bir hududda 1–2 tadan yo‘l yoki ko‘prik loyihasini tanlab, investorlar bilan ishlashni boshlash topshirildi.

Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim. So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi — Saida Mirziyoyeva

Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim. So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi — Saida Mirziyoyeva

Hududdagi mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat muassasalarining sharoiti ko‘zdan kechirilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi ortidan firibgarlik: fuqarolardan pasport ma’lumotlari so‘ralmoqda

Aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi ortidan firibgarlik: fuqarolardan pasport ma’lumotlari so‘ralmoqda

Aldovchilar, asosan, yoshi katta va pensioner fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, hisoblagich o‘rnatish bahonasida shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinmoqda.

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.