Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim. So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi — Saida Mirziyoyeva
Hududdagi mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat muassasalarining sharoiti ko‘zdan kechirilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatida mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat muassasalaridagi mavjud sharoit o‘rganildi. Bu jarayonda aholi bilan ham muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, viloyatda erishilgan natijalar bilan birga, hal etilmay qolgan muammolar ham talaygina. Shu sababli soha mas’ullariga jiddiy ogohlantirish berilgan va ulardan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish talab qilingan.








