O'zbekiston

Mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar: uch oygacha stajirovka va ishdan bo‘shatishning yangi tartibi taklif qilinmoqda

Qonun loyihasida tajribasiz nomzodlar uchun kasbiy stajirovka, masofaviy ta’lim olayotgan xodimlarga qo‘shimcha kafolatlar hamda mehnat shartnomasi bekor qilinganda SMS orqali xabardor qilish mexanizmi nazarda tutilgan.

Mehnat qonunchiligiga o‘zgartirishlar: uch oygacha stajirovka va ishdan bo‘shatishning yangi tartibi taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda Mehnat kodeksi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan hujjatda ishga ilk bor kirayotgan fuqarolar uchun stajirovka tizimini joriy etish, masofaviy ta’lim olayotgan xodimlarning huquqlarini belgilash va mehnat shartnomasini bekor qilish tartibini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, ish tajribasi bo‘lmagan yoki boshqa sohada faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun “ish o‘rganuvchi stajyor” instituti joriy etilishi mumkin. Bunda ular uch oygacha muddat davomida korxonada amaliy ko‘nikma orttiradi.

 

Stajirovka kasbiy stajirovka shartnomasi asosida tashkil etiladi. Unda stajyorning qaysi kasb yoki lavozim bo‘yicha tajriba orttirishi, unga biriktiriladigan murabbiy, stajirovka muddati va boshqa shartlar ko‘rsatilishi kerak. Jarayon yakunida stajyorga sertifikat berish ham nazarda tutilgan.

 

Loyiha asosida ish beruvchi stajirovka davri uchun haq to‘lash yoki to‘lamaslik masalasini mustaqil hal qilishi mumkin. Hujjatning asoslantiruvchi qismida esa stajirovka uch oygacha haq to‘lanmaydigan shaklda tashkil etilishi qayd etilgan. 

 

Hujjatda kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga beriladigan o‘quv ta’tillari muddatlarini aniq belgilash taklif etilgan. Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida masofaviy shaklda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun yiliga kamida 15 kalendar kun o‘quv ta’tili berilishi nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlar uchun moslashuvchan ish vaqti rejimini qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. Sirtqi va masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarning sessiya hamda davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun borib-kelish xarajatlarining kamida 50 foizini ish beruvchi qoplashi taklif etilmoqda.

 

Qonun loyihasida mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni xabardor qilishning muqobil usullari ham belgilanmoqda. Unga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq nusxasini xodimga pochta orqali yuborishi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali uning shaxsiy kabinetiga, uyali telefon raqamiga yoxud elektron pochta manziliga jo‘natishi mumkin. Mehnat shartnomasida kelishilgan bo‘lsa, boshqa internet dasturlari orqali ham elektron xabar yuborishga ruxsat beriladi.

 

SMS-xabarda mehnat shartnomasi bekor qilingan sana va bunga asos bo‘lgan sabablar ko‘rsatilishi kerak. Bundan tashqari, ishga tiklash bilan bog‘liq mehnat nizolari bo‘yicha sudga murojaat qilishning uch oylik muddati buyruq nusxasi topshirilgan yoki tegishli SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab hisoblanishi taklif etilmoqda.

Buxoro avtoparki 25 ta avtobus bilan boyidi: xizmat sifati oshirilmoqda

Buxoro avtoparki 25 ta avtobus bilan boyidi: xizmat sifati oshirilmoqda

Shahar avtoparkiga Xitoydan keltirilgan zamonaviy avtobuslar qo‘shildi, markaziy ko‘chalarda esa ular uchun alohida yo‘laklar ajratilmoqda.

Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti yomonlashdi: haydovchilardan ogohlik so‘raladi

Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti yomonlashdi: haydovchilardan ogohlik so‘raladi

Ayni vaqtda A373 “Toshkent – Ohangaron – Angren – Qo‘qon – Shahrixon – Andijon” xalqaro avtomobil yo‘lining dovon qismida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda 593 kilometr pulli yo‘l quriladi: loyihalarga 5,6 milliard dollar sarflanadi

O‘zbekistonda 593 kilometr pulli yo‘l quriladi: loyihalarga 5,6 milliard dollar sarflanadi

Hokimlarga bir oy ichida har bir hududda 1–2 tadan yo‘l yoki ko‘prik loyihasini tanlab, investorlar bilan ishlashni boshlash topshirildi.

Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim. So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi — Saida Mirziyoyeva

Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim. So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi — Saida Mirziyoyeva

Hududdagi mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat muassasalarining sharoiti ko‘zdan kechirilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi ortidan firibgarlik: fuqarolardan pasport ma’lumotlari so‘ralmoqda

Aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi ortidan firibgarlik: fuqarolardan pasport ma’lumotlari so‘ralmoqda

Aldovchilar, asosan, yoshi katta va pensioner fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, hisoblagich o‘rnatish bahonasida shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinmoqda.

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.