O'zbekiston

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda turizm xizmatlari eksportini oshirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga 11,6 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga ko‘p. Shu davrda turizm xizmatlari eksporti 1,5 barobar oshib, 6,1 milliard dollarga yetgan. Sayyohlarning mamlakatimizdagi o‘rtacha xarajatlari ham 26 foizga ko‘paygan.

 

2030-yilgacha xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shuningdek, sohada band aholi sonini 2 million nafarga, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 7 foizga oshirish rejalashtirilgan.

 

Taqdimotda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan muammolar ham ko‘rib chiqildi. Mas’ullar turizm sohasida faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq tadbirkorning taklif va murojaatlarini o‘rgangan.

 

Ular, jumladan, turistik hududlarda elektr energiyasi quvvatining yetishmasligi, elektr va gaz uchun oldindan to‘lovlar miqdorining yuqoriligi, mehmonxonalarda valyuta ayirboshlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklangani hamda tog‘li hududlarda sayyohlarni tashish bilan bog‘liq muammolarni ko‘targan.

 

Tadbirkorlar muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish, kredit olishda kafillik berish, yer uchastkalari uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish va mehmonxona biznesiga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etish bo‘yicha takliflar bildirgan. Prezident mutasaddilarga ushbu masalalarning aniq yechimlarini ishlab chiqishni topshirgan.

 

Shuningdek, turizm geografiyasini kengaytirish va an’anaviy sayyohlik markazlariga tushayotgan yuklamani kamaytirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Ekologik, etnografik, agrar, gastronomik, ekstremal, tibbiy, ishbilarmonlik va kinoturizm yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqilgan.

 

“Bir mahalla – bir turmahsulot” tamoyili asosida mahalla va qishloqlarni turistik yo‘nalishlarga kiritish ham nazarda tutilmoqda. Bu orqali sayyohlarni mahalliy aholining turmush tarzi, milliy urf-odatlari, hunarmandchiligi va pazandalik an’analari bilan tanishtirish, aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirish uchun 2026–2027-yillarda jami 34 ta master-reja ishlab chiqish belgilangan. Hozirga qadar ularning 13 tasi tayyorlangan.

 

Taqdimotda Nurota tumanidagi qadimiy Koriz suv inshooti negizida ochiq osmon ostidagi muzey va dam olish maskanini barpo etish, Namanganda gulchilik turizmini rivojlantirish hamda sanatoriy-kurort hududlarini obodonlashtirish loyihalari ham namoyish etilgan.

 

Bundan tashqari, To‘dako‘l turizm-rekreatsiya zonasini rivojlantirish konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan. Unda hududning tabiiy landshaftiga mos mehmonxonalar, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, ekoturizm obyektlari hamda suv bo‘yida zamonaviy turistik infratuzilma yaratish rejalashtirilgan.

 

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksionga chiqarish, 2030-yilgacha turizm infratuzilmasini rivojlantirishga 3,1 trillion so‘m yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.

 

Shuningdek, Turizm loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va unga 2027-yilda 100 milliard so‘m ajratish taklif qilingan. Ushbu mablag‘lar yangi sayyohlik maskanlarini barpo etish, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish, kredit foizlarining bir qismini qoplash va zamonaviy ko‘ngilochar xizmatlarni yo‘lga qo‘yishni subsidiyalashga yo‘naltirilishi mumkin.

 

Taqdimotda xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari ham muhokama qilingan.

 

Bundan tashqari, yirik xalqaro anjuman va forumlarni sayyohlar oqimi nisbatan kam bo‘lgan davrlarda o‘tkazish taklif etilgan. Turizm qo‘mitasiga vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu tadbirlar muddatlarini qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi.