O'zbekiston

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish, tarixiy obidalarni asrash va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda Jadidlar merosi davlat muzeyi va Buxoro davlat san’at muzeyini tashkil etish takliflari ham ko‘rib chiqildi.

 

Taqdimotda Buxoro shahrining tarixiy markazini rivojlantirish bo‘yicha master-reja, me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish va ulardan samarali foydalanish, shuningdek, zamonaviy madaniy hamda turizm infratuzilmasini yaratish masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, Ark muzey-qo‘riqxonasida restavratsiya ishlarini olib borish, muzey ekspozitsiyalarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, Qo‘sh madrasa me’moriy ansamblini tiklash, Buxoro musiqali drama teatrini rekonstruksiya qilish va Somoniylar bog‘ini obodonlashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

 

Shuningdek, Jadidlar merosi davlat muzeyi va Buxoro davlat san’at muzeyini tashkil etish, ularda tarixiy muhitga uyg‘un zamonaviy ko‘rgazma maydonlarini yaratish rejalari haqida ma’lumot berildi.

 

Buxoroning tarixiy markazidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini yagona me’moriy uslub asosida tartibga keltirish, piyodalar uchun qulay muhit yaratish hamda barcha ishlarni UNESCO talablariga muvofiq amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda 2027-yilda ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesini o‘tkazish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Somoniylar bog‘idan Ark qal’asi va Poyi Kalon majmuasi orqali Labi Hovuz ansambligacha bo‘lgan tarixiy obidalar, ko‘rgazma va jamoat maydonlarini birlashtiruvchi 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, AQSh va Janubiy Koreya tashkilotlari bilan hamkorlikda madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish, ularning uch o‘lchamli modellarini yaratish, arxeologik ashyolarni muhofaza qilish va soha mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani haqida axborot berildi.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.