Qozog‘istonda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamoat transportidan foydalanish ayollar uchun bepul bo‘ladi. Transportlar soat 6:40 dan 21:00 gacha ishlaydi.
Qozog‘istonning Oqtov shahrida 8 mart kuni jamoat tranportidan foydalanish bepul bo‘ladi. Bu haqda shahar hokimligiga tayanib, "Kazinform" xabar berdi.
Shahar hokimligiga ko‘ra, ushbu tashabbus 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Shahar yo‘lovchi transporti va avtomobil yo‘llari boshqarmasi vakillari №1, 2, 3, 4, 4M, 5, 6, 7, 8, 9-yo‘nalishlarda ayollar uchun yurish bepul bo‘lishini ma’lum qildi.
Jamoat transporti soat 6:40 dan 21:00 ga qadar o‘z ish jadvaliga muvofiq ishlaydi.


