O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Tolibon TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tolibon TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muzokarada savdo va tranzit sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari ko‘tarilib, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan.
Shuningdek, Muttaki Afg‘oniston bo‘yicha iyul oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun taklif qilingan. Tolibon O‘zbekistonga Savdo vazirligi vakillari boshchiligidagi delegasiyani yuborish istagini bildirgan.


