Germaniyaning “Shalke 04” klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa homiysi - Rossiyaning “Gazprom” transmilliy energetika kompaniyasi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani haqida eʼlon qildi.
“Shalke 04” klubi direktorlar kengashi Kuzatuv kengashining roziligi bilan “Gazprom” bilan hamkorlikni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi. Ijroiya kengashi va Kuzatuv kengashi amaldagi Bosh homiy vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va qo‘shimcha maʼlumotlar o‘z vaqtida eʼlon qilinadi”, — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Gazprom” 2007 yildan beri nemis jamoasining homiysi hisoblanadi. Hamkorlik o‘rnatilishi tufayli “Gazprom” logotipi klub sport formasining old tomonida joylashgan edi.
Avvalroq, “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


