1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda 7,7 kg oltinni noqonuniy olib chiqmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Oltin quymalarining umumiy qiymati 12 milliard 465 million 795 ming so‘mni tashkil etadi.

Andijonda 7,7 kg oltinni noqonuniy olib chiqmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yirik miqdordagi oltinni noqonuniy olib chiqishga urinish holati fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Xususan, “Do‘stlik” chegara bojxona posti yaqinida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan T.T. to‘xtatilib, unga tegishli xo‘jalik qopi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 

Tekshiruv jarayonida qop ichida bo‘lgan temir qoplamali uch dona avtomobil ehtiyot qismi maxsus vositalar yordamida bo‘laklarga ajratilganda, ularning ichiga jami 7 kilogramm 784 gramm oltin bo‘laklari yashirilgani aniqlandi.

 

Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarining umumiy qiymati 12 milliard 465 million 795 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro Toshkent shahridan yuborilgan oltinlarni Qirg‘iz Respublikasida qabul qilib oluvchi shaxsga yuk avtotransport vositalari haydovchilari orqali bojxona nazoratidan yashirgan holda yetkazib berishni rejalashtirgan.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Tergov harakatlari doirasida mazkur qimmatbaho metallning haqiqiy egalari shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика