1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda Cobalt haydovchisi YPX inspektorini “bosib ketdi”

Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.

Andijonda Cobalt haydovchisi YPX inspektorini “bosib ketdi”

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda Cobalt haydovchisi GAI xodimini avtomashina kapotida sayr qildirdi” sarlavhali videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi. 

 

Holat 15-sentabr kuni soat 22:00 larda Andijon shahrining Milliy tiklanish va Amir Temur shohko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Mazkur chorrahada xizmat o‘tayotgan YPX inspektori Bobur maydonida xizmat olib borayotgan inspektorning xabariga ko‘ra Cobalt rusumli avtomashinaning to‘xtamasdan harakatlanayotgani bo‘yicha ma’lumot olgan. Shundan so‘ng xodim ushbu avtomashinani to‘xtatmoqchi bo‘lib, uning oldiga kelgan va bir necha bor ogohlantirish bergan. 2003-yilda tug‘ilgan haydovchi inspektorning to‘xtash buyrug‘iga bo‘ysunmasdan, uning ustiga bostirib ketgan. Inspektor esa o‘zini olib qochishga ulgurmay, avtomashinaning oldi kapot qismiga osilib qolgan. Avtomashina joyidan keskin qo‘zg‘alishib, o‘ng tomonga keskin burilgan vaqtida inspektor avtomashina kapotidan sirpanib yiqilib tushgan.

 

Hodisa oqibatida inspektorning qo‘l-oyoqlari jarohatlangan va aloqa vositalari sinib shikastlangan.

 

“Misrda Al-Azhar institutida o‘qiyman. Voqeadan oldin mashina yoritgichlarini o‘zgartirganim uchun inspektor to‘sib, bayonnoma rasmiylashtirgandi. Bu safar ikkinchi marta to‘xtatsa, mashinani olib kirib qo‘yishi mumkin deb bo‘ysunmasdan ketgandim”, — deydi haydovchi.

 

Fuqaro K.V.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan. 

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика