1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda MIB orqali 192 mln elektr qarzdorligi undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligi elektr tarmoqlari korxonasiga elektrdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘lamay kelgan.

Andijonda MIB orqali 192 mln elektr qarzdorligi undirildi

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan kommmunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan hamkorlikda gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvidan bo‘lgan debitor qarzdorlikni qisqartirish, ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash hamda aholi o‘rtasida to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida yuqori qarzdorlik undirildi.

 

Xususan, Byuroning Asaka tuman bo‘limi ish yurituvidagi Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatida qarzdor “Sharq bahodiri” fermer xo‘jaligi hisobidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga 168 514 971 so‘m asosiy qarz va 23 592 096 so‘m penya undirilishi ko‘rsatilgan.

 

Bugungi tadbir natijasida qarzdor fermer xo‘jaligidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga jami 192 mln so‘m qarzdorlik undirilishi taʼminlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика