1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Arxeologlar Eronda yer ostidan shahar topishdi

U bosqinlar payti boshpana bo‘lib xizmat qilgan.

Arxeologlar Eronda yer ostidan shahar topishdi

Eronning Yazd provinsiyasidagi Abarkuh shahrida yer osti shahar topildi. Arxeologlar tunnellar, suv o‘tkazgichlar va boshqa yer osti inshootlari tarmog‘ini o‘rganishdi. Ular bosqinlar va quyoshdan himoya qilish va suv taʼminoti maqsadida foydalanilgan.

 

Abarkuh Shiraz, Yazd va Isfahon shaharlarining strategik “oltin uchburchagi”da joylashgan shahar hisoblanadi. Ushbu mintaqa madaniy va tarixiy ahamiyatga ega. Shahar gubernatori Xoseyn Xatamining so‘zlariga ko‘ra, yer osti tunnellari uylarni suv kanallari bilan bog‘lab, hujumlarda boshpana bo‘lib xizmat qilgan va issiq davrlarda binolarni sovitgan.

 

Ayniqsa toshdan yasalgan suv o‘tkazgichi qiziq. Uning konstruksiyasi 18-asr oxiridan 20-asr boshlarigacha hukmronlik qilgan Qajarlar sulolasi davridagi inshootlarni eslatadi. O‘sha paytda Abarkuh hozirgi Ozarbayjon hududida yashagan Qajar turkman qabilasi uchun muhim nuqta edi.

 

“Ushbu tuzilmalar resurslarni boshqarish va qattiq iqlim sharoitida qulaylik yaratish uchun oqilona yondashuv qanchalik muhimligini ko‘rsatadi”, deb taʼkidladi Xatami.

 

Xabarlarga ko‘ra, bu hududda arxeologik ishlar davom etmoqda, olimlar boshqa yer osti tuzilmalari mavjudligi haqidagi farazlarini tekshirib ko‘rishmoqda.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика