Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 11-avgust kuni soat 11:28 da Toshkent shahridagi “L-Parkentskaya-1,2” kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari isteʼmolchilarining bir qismi (jami 4500 ta xonadon) elektr taʼminotidan uzilgan.
Maʼlum qilinishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.


