1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi

Shaharning sobiq hokimi pora olishda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi

Namangan shahri xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ayubxon Kamolov shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. U Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan yangi vazifasiga o‘tkazildi.

 

Ayubxon Kamolov 2019-2020 yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, so‘ngra 5 yil davomida Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Yangi hokim 1971-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Leningrad qishloq xo‘jaligi institutini, 2001-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1993-yilda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Statistika bosh boshqarmasida mutaxassis sifatida boshlagan.

 

Ayubxon Kamolov 1994-2017 yillarda bank va Moliya vazirligi tizimlarida, 2017-2019 yillarda Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish davlat jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahri sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jaev bir necha oy oldin 60 ming dollar pora olishda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика