“Vedomosti” nashriga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklaridagi moliyaviy tashkilotlar Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Shuningdek, ular egalari Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bo‘lgan kompaniyalarning hisob raqamlarini yopmoqda. Baʼzi hollarda hisobning yopilish sabablari tushuntirilmaydi.
Jo Bayden AQSH g‘aznachiligi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzgan banklarni jazolashning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi farmonni imzolaganidan so‘ng, bir qator davlatlardagi banklarda Rossiya fuqaroligiga ega jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi.


