1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Baxshilar bahs maydonida

Festivalga 40 dan ortiq davlatlardan baxshilar tashrif buyurgan.

Baxshilar bahs maydonida

Millatning tarixi, o‘tmishi va madaniyatini tarannum etuvchi nomoddiy madaniy meroslari sirasida baxshichilik janri alohida o‘rin tutadi. Xalq og‘zaki ijodidada baxshichilik millatning o‘zligini anglash, uning o‘ziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.

 

Mazkur janrning noyob namunalarini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida joriy yilning 26-28 aprel kunlari Xivada YUNESKO VA AYSESKO shafeligida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali o‘tkazilishi belgilangan.

 

27 aprel kuni Festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan tashrif buyurgan baxshilar bahslashishdi. Xususan , Ummon, GabonBraziliya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Koreya, Kuvayt, Malayziya, MavritaniyaMisr, Marokash, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston, Vengriya, Ozarbayjon, Mo‘g‘ulistonSerbiya, Belarus Respublikasi, Fransiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Serra-LeoneShvesiyaIordaniyaShvesariyaSudan, Turkiya, Bolgariya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, TunisSlovakiya, Filippin, QatarPokiston, O‘zbekiston davlatlaridan 200 nafarga yaqin vakillar o‘rtasida festival doirasidagi xalqaro tanlov o‘tkazildi.

 

 

 

 

Shuningdek, festival doirasidagi tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarni taqdirlash uchun xalqaro tanlovida hakamlar hayʼati aʼzolari tarkibi O‘zbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, QuvaytMo‘g‘uliston davlatlari vakillaridan shakllantirilgan.

 

“Gran-Pri”  mukofoti - 7 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yo‘nalishda 2 ta nominatsiya (Doston ijrochiligi yo‘nalishi, Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi) bo‘yicha 5 000, 3500, 2500 AQSHdollaridan mukofotlanadi.

 

Festivalning tantanali yopilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика