1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bedarak yo‘qolgan ayol o‘lik holda topildi

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolib, qidiruvga berilgan 22 yoshli ayolning jasadi kanaldan topildi.

Bedarak yo‘qolgan ayol o‘lik holda topildi

Bildirilishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i N.O. joriy yilning 6 noyabr kuni Parkent tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaro murojaatida 23 yoshli ayoli H.O. tunda yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganini maʼlum qilgan va uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 10 noyabr kuni ayolning jasadi Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor shaharchasi “Maʼrifat” mahallasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalida cho‘kib ketgan holda topilgan.

 

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика