O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil may oyi holatiga ko‘ra 1 kilogramm palov tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymatini hududlar kesimida e’lon qildi.
Bir kilogramm palov tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar:
Kungaboqar yog‘i – 0,3 litr
Piyoz – 300 gramm
Mol go‘shti – 700 gramm
Sabzi – 1 kg
Guruch – 1 kg
Nohat – 100 gramm
Zira – 10 gramm
Osh tuzi – 20 gramm
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha qiymatlar (so‘mda):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 96 700 so‘m
Andijon viloyati – 103 300 so‘m
Buxoro viloyati – 106 600 so‘m
Jizzax viloyati – 108 200 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 108 800 so‘m
Navoiy viloyati – 107 400 so‘m
Namangan viloyati – 107 500 so‘m
Samarqand viloyati – 110 000 so‘m
Surxondaryo viloyati – 108 300 so‘m
Sirdaryo viloyati – 103 500 so‘m
Toshkent viloyati – 110 700 so‘m
Farg‘ona viloyati – 113 500 so‘m
Xorazm viloyati – 104 000 so‘m
Toshkent shahri – 114 500 so‘m
Ma'lumot uchun, ushbu raqamlar faqat palov tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha narxini aks ettiradi. Ular tayyor palov narxiga mos kelmaydi, chunki unga xizmat haqi va boshqa xarajatlar ham qo‘shiladi.


