1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugundan “Muzeylar haftaligi”ga start berildi

Madaniy meros agentligi kirish bepul bo‘lgan muzeylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Bugundan “Muzeylar haftaligi”ga start berildi

 


Bugun, 2-sentabrdan e’tiboran “Muzeylar haftaligi” tadbiri boshlanadi, deya xabar bermoqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.

 

Ma’lum qilinishicha, quyidagi muzeylarga 7 kun davomida bepul kirish mumkin:

—O‘zbekiston davlat san’at muzeyi;
—Abdulla Qodiriy uy-muzeyi;
—Yunus Rajabiy uy-muzeyi;
—O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi;
—Tamaraxonim uy-muzeyi;
—Sergey Yesenin uy-muzeyi.

 

“Hamyurtlarimiz bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi qarorining 8-ilovasi nizomiga ko‘ra, “Muzeylar haftaligi” tadbiri har yili 2—8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, har oyning birinchi yakshanbasida ham muzeylarda “ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика