1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugundan Toshkentda "Tashkent Law Spring" III Xalqaro yuridik forumi boshlandi

Forum "Fundamental huquqlar va barhayot qadriyatlar" asosiy mavzusida bo‘lib o‘tyapti.

Bugundan Toshkentda "Tashkent Law Spring" III Xalqaro yuridik forumi boshlandi

 

III Xalqaro  huquq forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik hamda sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.

 

Tadbir  dasturidan  yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘rin olgan.

 

Forum doirasida 20 dan ziyod mamlakatdan 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashib, 16 ta muhokama sessiyalari davomida 132 maʼruza tinglanadi. Ularda huquqiy sohani  rivojlantirishning dolzarb  masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlar chiqishlarini kuzatish mumkin.

 

Anjuman o‘z ishini 18-may kuniga qadar davom ettiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика