Buxoro — 2025-yilgi Xalqaro San’at va Madaniyat Biennalesining markaziga aylangan shahar
2025-yilning 5-sentyabridan 20-noyabrigacha o‘tkazilgan ushbu xalqaro darajadagi san’at va madaniyat biennalisi birinchi marta aynan Buxoro shahrida tashkil etildi va qisqa fursatda global sahnada katta qiziqish uyg‘otdi.
Biennale boshlanishiga qadar, 2025-yil davomida Buxoro allaqachon turizm bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga erishgan edi: shaharga 2 250 000 dan ortiq xorijiy turistlar hamda 4 milliondan ziyod mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Biennalenining o‘tkazilishi esa bu oqimni yanada kuchaytirib, Buxoroni dunyo san’at ixlosmandlari uchun muhim markazga aylantirdi.
Tadbirning o‘zi davomida Buxoro 1 600 000 ga yaqin mehmonni qabul qildi. Shundan 770 000 nafari xorijiy sayyohlar bo‘lib, bu raqamlar biennalenining xalqaro miqyosda katta qiziqish bilan kutib olinganini ko‘rsatadi.
Ikki oy davom etgan biennale nafaqat madaniy platforma, balki ulkan iqtisodiy imkoniyat bo‘lib ham xizmat qildi. Tadbir davomida xorijiy sayyohlar orqali turizm xizmatlari eksporti qariyb 210 million AQSH dollariga yetdi.
Qadimiy tarix va zamonaviy madaniy maydon uyg‘unlashgan Buxoro festivali o‘zbek turizmi uchun yangi davrning boshlanishini anglatmoqda. Darhaqiqat, 2025-yilgi biennale Buxoroni global madaniyat xaritasida yanada yorqinroq namoyon etdi.


