1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoro shahrida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtab qoldi

Bunga markaziy suv quvurida nosozlik yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

Buxoro shahrida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtab qoldi

 

11-iyun kuni Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi markaziy ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani tufayli shahar aholisining ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joyga borib, jarayon bilan shaxsan tanishgan.
Ayni paytda ta’mirlash ishlari davom etmoqda, shisha tolali hobusni diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirish rejalashtirilgan.


“Ishlarni jadallashtirish, shaharda suv ta’minotini tiklash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика