1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ellikqalʼada MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Ijro harakatlari natijasida 3 nafar bola onasiga topshirilgan.

Ellikqalʼada MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan uch nafar farzandlarni javobgar G.Bdan farzandlar onasi Sh.R.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.

 

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Ellikqalʼa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Xususan, ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga bormasdan, shovqin-suron bo‘lishini oldini olgan holda javobgar va daʼvogarlar joriy yilning 10 dekabr kuni Byuroga chaqirilib, javobgarga sud qarori ijrosi taʼminlanishi lozimligi, uning ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilgan.

 

Shuning natijasida, javobgar Majburiy ijro byurosi Ellikqalʼa tuman bo‘limining o‘zida olib berilishi lozim bo‘lgan bolalarni ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytarib, sud qarori ijrosini taʼminlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика