1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi bekatda sarson qolib ketmaysiz: Xitoydan 800 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelindi

Xitoy kompaniyasi Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobus va tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar yetkazib berdi.

Endi bekatda sarson qolib ketmaysiz: Xitoydan 800 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelindi

 

Avvalroq, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 300 ta elektrobuslar va 500 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha Xitoyning Yutong Bus & Coach kompaniyasi bilan kelishuvlarga erishilgandi.

 

«Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi. Bu orqali har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi», — degan edi davlat rahbari.

 

Kompaniyaning maʼlum qilishicha, O‘zbekistonga jami 800 ta avtobus — 300 ta elektrobuslar va 500 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar yetkazib berdi. 

 

Qayd etilishicha, bu Xitoy kompaniyasining joriy yilda olgan eng yirik avtobus buyurtmasi bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика