1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi ko‘rsatilgan davlat xizmatlarini aholining o‘zi baholaydi

“Qoniqarsiz” deb baholangan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

Endi ko‘rsatilgan davlat xizmatlarini aholining o‘zi baholaydi

21 aprel kuni O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-71-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 2025 yil 5 martda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Vazirlik va idoralar rahbarlariga mazkur Farmon va uning doirasida belgilangan vazifalarni sifatli, o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Farmonga ko‘ra,  Milliy kengash har yili hududlar kesimida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini tasdiqlab, ijrosi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Oliy Majlis palatalari  har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi. Vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartib yo‘lga qo‘yiladi.  “Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida har oyning 1–5 sanalarida reja asosida “qizil” toifadagi mahallalarga tushib, har bir jinoyatni kelib chiqish sabablari va omillari tahlil qilinadi hamda prokuror va ichki ishlar boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi.

Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarini kamida 2 baravar qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi. Sektorlar ishiga Bosh vazir o‘rinbosarlari va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari masʼul etib belgilanadi.

Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarini kamida 2 baravar qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика