“Agar Holand “Liverpul”ga o‘tsa, Saloh hozirgidek ko‘p gol ura oladi deb o‘ylamayman. Menimcha Erlingning keyingi klubi “Manchester Siti” bo‘lishi mumkin. U “Manchester Yunayted” klubiga mos kelmaydi. Holandning “Liverpul” o‘yiniga mos kelishiga ham ishonchim komil emas. Shaxsan men uni “Manchester Siti”ga o‘tadi deb taxmin qilmoqdaman”.
Eslatib o‘tamiz, Erling Holand “Borussiya” klubi safida o‘tgan mavsum 49 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urishga erishdi. Joriy mavsum esa barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda raqib darvozasiga 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq “Borussiya” Holandning maoshini oshirmoqchiligi va “PSJ” klubi Holandga yiliga 40 million yevro maosh taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


