XXR Raisi Si Szinpin keyingi haftada Moskvaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, safari davomida u Vladimir Putin bilan uchrashadi.
2022 yil 30 dekabrida Rossiya va Xitoy yetakchilari videoaloqa orqali muzokaralar o‘tkazgandi. Muloqot davomida Vladimir Putin xitoylik hamkasbini bahorda Moskvaga taklif qilgandi.
Kremlda Si Szinpin tashrifi haqidagi savolga javob berishmagan.


