Farg‘ona vodiysida kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi sababli bir nechta aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston aeroportlari” AJ matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli ayrim reyslar ekipajlari xavfsizlik choralarini inobatga olib, zaxira aerodromlarga qo‘nish haqida qaror qabul qilgan.
Xususan:
- Irkutsk – Andijon yo‘nalishidagi S7 Airlines aviakompaniyasining S76311 reysi O‘sh shahridagi muqobil aerodromga yo‘naltirilib, mahalliy vaqt bilan 00:01 da qo‘ngan;
- Jidda – Namangan yo‘nalishidagi Air Samarkand aviakompaniyasining 9S5010 reysi Samarqand aeroportiga, 00:27 da qo‘ngan;
- Yekaterinburg – Namangan yo‘nalishidagi Ural Airlines aviakompaniyasining U62963 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga, 00:40 da qo‘ngan;
- Samara – Namangan yo‘nalishidagi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning HY9806 reysi Toshkent aeroportiga, 04:11 da qo‘ngan;
- Medina – Namangan yo‘nalishidagi FlyOne Asia aviakompaniyasining 7Q4452 reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga, 06:05 da qo‘ngan.
Ayni paytda Namangan xalqaro aeroporti odatiy ish rejimida faoliyat yuritmoqda.


