1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada aqidaparastlikni targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi

Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzumini konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga qaratilgan materiallarni tarqatib kelgan.

Farg‘onada aqidaparastlikni targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi

 

Farg‘ona viloyatida ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan shaxslar ushladi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi. 


Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan M. O. o‘zining “Samsung Galaxy A31” telefoni orqali Telegram messenjerida akkaunt ochib, O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzumini konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga qaratilgan, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda “O‘zbekiston islom harakati” terroristik tashkilotiga tegishli bo‘lgan diniy materiallarni yaqin aloqalariga tarqatib kelgan.


Farg‘ona shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Q. B. esa Intagram ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z profiliga aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi videolar, ma’ruzalar va jihod qilish haqidagi ovozli matnlarni joylab, o‘zining virtual obunachilariga targ‘ib qilib kelgan.


Ta’kidlanishicha, ikkala holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bergan xulosalarga ko‘ra, ushbu shaxslardan olingan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика