Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahrida IIO xodimi va fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar tarqaldi. Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
2023 yil 17 dekabr kuni fuqarolarning IIOga shikoyati asosida Farg‘ona shahar IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori kapitan T.Hoshimov tungi soat 23:50 da shahardagi Mashʼal MFYdagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan "Rich" ko‘ngilochar maskan (karaoke bar)ga kelib, tungi vaqtda fuqarolarning tinchini buzib, baland ovozda qo‘shiq kuylayotgan va kompyuter o‘ynayotgan mijozlarni tarqatmoqchi bo‘lganida, ushbu maskan rahbari, 1995 yilda tug‘ilgan A.x. IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 648-son Qarori 11-bandida ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida joylashgan korxonalar, restoranlar, kafelar, barlar hamda ko‘ngilochar maskanlarning soat 23.00 dan keyingi faoliyatiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.x.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.


