1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Gender tenglik faoli” tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi

Unga 934 ta tashkilot va muassasalar hujjat topshirgandi.

“Gender tenglik faoli” tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi

Kecha, 16 yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva qutlov so‘zi bilan ochib berdi.

 

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

 

Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

 

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etildi. Ular tanlov Komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya bo‘yicha quyidagilar g‘olib deb topildi.

 

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика