Politsiya barcha holatni o‘rganib chiqqach, qo‘lga olinganlarning aksariyatini qo‘yib yubordi, lekin 18 kishi nazorat ostida saqlanadi va ularga ayblov qo‘yiladi.
Qo‘lga olinganlar orasida ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi ham bor. U o‘tni atayin yondirib, keyin o‘chirmoqchi bo‘lgan. Ammo uning bu harakati 4 ta katta alanga o‘chog‘ini keltirib chiqardi.
Politsiya aholisi yong‘in tufayli evakuatsiya qilingan yashash punktlarini qo‘riqlashni davom ettirmoqda. Qarovsiz qolgan uylarda o‘g‘rilik qilayotgan 6 kishi hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari ikki haftadan beri davom etmoqda.
So‘nggi bir necha kun ichida 600 dan ortiq alanga o‘chog‘i qayd etildi.
Sharofat Mahmudova


