1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gulistondagi portlash ortidan 3 kishi qamoqqa olindi

Tergov IIV Tergov departamenti boshchiligida qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

Gulistondagi portlash ortidan 3 kishi qamoqqa olindi

 

Joriy yilning 2-dekabr soat 10:50 atrofida Guliston shahar “Taraqqiyot” mahallasida joylashgan “Bek Family Cafe” MChJ umumiy ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida portlash haqida xabar berilgan edi.

 

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, oshxonada mavjud o‘choqqa yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda ulangan 50 litr hajmdagi suyultirilgan propan gaz balloni orqali sizib chiqqan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgan.

 

Hodisa natijasida jami 29 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohatlari olgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan. Afsuski, olgan shikastlari oqibatida 3 nafar fuqaro vafot etgan.

 

Jabrlanganlarning 5 nafariga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, ularning holati qoniqarli deb topilib, uylariga javob berildi. Qolgan bemorlar shifokorlar nazoratida malakali davolanishni davom ettirmoqda.

 

Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192¹¹-moddasi 1-qismi, 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Bek Family Cafe” MChJ mas’ul shaxslarining 3 nafari protsessual tartibda qamoqqa olingan.

 

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov boshchiligida hamkor idoralar mutaxassislaridan iborat tergov guruhi tomonidan zarur barcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика