1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda alimentdan qochgan ota qaynonasinikidan topildi

U 2-xotinining onasinikida uy ishlari bilan shug‘illanib yurganda qo‘lga tushgan.

Jizzaxda alimentdan qochgan ota qaynonasinikidan topildi

Jizzax viloyatida farzandlarini moddiy taʼminlashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat ijrochisidan yashirinib yurgan qarzdor topildi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi tomonidan qarzdor G.R.ga nisbatan aliment to‘lovlarini amalga oshirmagani sababli qidiruv eʼlon qilingan.

 

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida u 2-xotinining onasinikida uy ishlari bilan shug‘illanib yurganda topilgan.

 

Aliment qarzi 62 million so‘mdan oshgan bo‘lib, qarzdor davlat ijrochisiga topshirilgan.

 

Qizig‘i shundaki, u qidiruv paytida oyoq kiyimini almashtirish bahonasida yana qochishga uringan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика