1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda er rashk sabab xotini va o‘zini pichoqladi

Holat yuzasidan IIV maʼlumot berdi.

Jizzaxda er rashk sabab xotini va o‘zini pichoqladi

 

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 17-mart kuni er rashk sabab avval xotinini, keyin esa o‘zini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Holat Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahallasida yuz bergan. 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan 28 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan dastlab ayoliga, keyin esa o‘ziga jarohat yetkazgan.

 

Hodisa sababli 2 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика