1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda kelin MIB orqali sepini qaytarib oldi

Ijro harakatlari davomida 36 turdagi shaxsiy mol-mulk qaytarilgan.

Jizzaxda kelin MIB orqali sepini qaytarib oldi

Majburiy ijro byurosining Mirzacho‘l tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro hujjati kelib tushgan. Unga ko‘ra, fuqaro M.M. foydasiga ajrashganidan so‘ng kelin bo‘lib borgan uyidan 36 turdagi shaxsiy mol-mulkni (kelinlik sarpolarini) qaytarib berish belgilangan edi.

 

Davlat ijrochisi ushbu ijro hujjati asosida ishga kirishdi. Qarzdor bilan muzokaralar olib borilib, zarur ijro harakatlari amalga oshirildi. Xolislar ishtirokida hujjatda ko‘rsatilgan barcha 36 turdagi mol-mulk xatlovdan o‘tkazilib, undiruvchi — kelinga qaytarib berildi.

 

MIB xodimlarining tezkor va qonuniy harakatlari natijasida fuqaro o‘z qonuniy mulkini to‘liq qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика